"Valensiya"ga "Manchester Yunayted" himoyachisi kerak

Mirjalol Normatov
29 iyun 2018, 20:30
"Manchester Yunayted" himoyachisi Timoti Fosu-Mensaga "Valensiya" da'vogarlik qilmoqda.

"Marca" xabariga ko'ra, "uchar ko'rshapalaklar" 24 yoshli futbolchining transfer huquqini to'liqligicha sotib olishni rejalashtirmoqda. Ular yaqin orada futbolchining agenti bilan muzokara o'tkazishga tayyorlanishmoqda.

O'tgan mavsumni "Kristal Pelas" tarkibida ijarada o'tkazdi va 24 uchrashuvda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca