Valensiya – Real. Serxio Ramos o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

2 yanv 2015, 23:58
Real himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya chempionatining 17-tur doirasidagi "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmasligi kutilmoqda.
Serxio Ramos jamoasi mashg'ulotlarida yakka tartibda shug'ullanmoqda. Uni kichik jarohat bezovta qilayotgandi. Futbolchining "Valensiya" bilan bo'ladigan bellashuvda maydonga tushishi so'roq ostida turibdi.

Eslatib o'tamiz, "Valensiya" - "Real" o'yini 4 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Manba: sports.ru