Valensiya - Real Madrid uchrashuvi boshqa kunga ko'chirildi. Nega?

Khoja
31 okt 2024
Real Madrid La liganing navbatdagi turida Valensiya mehmoni bo'lishi lozim edi.

Ispaniya sharqi va janubida kuzatilayotgan kuchli yomg'irlar oqibatida ro'y berayotgan suv toshqinlari sababli mamlakatning bir qator hududlarini suv bosish holati kuzatildi. Oqibatda hozirgacha 62 kishining halok bo'lgani ma'lum qilingan.

La Liga ushbu holatni inobatga olgan holda 2 noyabr kuni bo'lib o'tishi lozim bo'lgan uchrashuvni boshqa kunga qoldirishga qaror qildi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com