“Valensiya” hujumchisi “Lids”ga o'tdi

26 avg 2020, 08:36
Rodrigo faoliyatini APLda davom ettiradi.

“Valensiya” jamoa hujumchi Rodrigoning “Lids” a'zosiga aylanganini e'lon qildi. Transfer 29 yoshli futbolchining Angliya klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng rasmiylashtirilishi ma'lum qilingan.

Avvalroq “Lids” Rodrigo uchun 30 mln evro to'lashdi, shuningdek, “Valensiya” bonus sifatida yana 10 mln evroga ega bo'lishi haqida xabar berilgandi.

Rodrigo Moreno 2010-2011 yillar davomida ijara asosida “Bolton”da o'ynagan. "Real" tarbiyalanuvchisi bundan tashqari “Benfika” klubida ham to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Валенсия” расмий сайти