"Valensiya" "Fiorentina" sardoriga ko'z tikdi

Sherzod Nurmatov
29 may 2020, 01:31
Pesselya Primerada paydo bo'lishi mumkin.

"Valensiya" bo'lajak transfer oynasida "Fiorentina" himoyachisi va sardori Xerman Pesselyani sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Superdeporte.

Manbaga ko'ra, "binafshalar" ham tajribali futbolchini 10-15 million evroga sotishga tayyor.

Argentinalik o'yinchi A Seriyaning joriy mavsumida 25 marta maydonga tushib, 2 ta gol urdi 1 ta golli pas berdi.

Eslatib o'tamiz, Pesselya koronavirus aniqlangan "Fiorentina" o'yinchilaridan biri edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Superdeporte