"Valensiya" yetakchi futbolchilarini sotmoqchi

Sherzod Nurmatov
24 mar 2021, 23:07
Ispan klubi xarajatlarni kamaytirish uchun yetakchi o'yinchilarini sotishni rejalashtirmoqda.

Klub egasi Piter Lim yozgi transferlar vaqtida nisbatan arzonroq futbolchilarni sotib olishni o'ylayapti.

Manbaga ko'ra, "ko'rshapalaklar" darvozabon Yasper Sillessen va hujumchi Maksi Gomesning xizmatidan voz kechishga tayyor.

Yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilardan tashqari, yarim himoyachi Gonsalo Gedesh sotib olish huquqi bilan boshqa jamoaga ijaraga berilishi mumkin. Eslatib o'tamiz, futbolchi 2018 yilda PSJdan 40 million evroga sotib olingan edi.

Tarkibni yangilash bo'yicha ko'rilayotgan bunday keskin choralarga qaramay, keyingi mavsumda "Valensiya" oldiga Yevropa Ligasiga chiqish vazifasi qo'yiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS