"Valensiya" Darmian bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
6 iyun 2019, 13:30
"Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian "Valensiya" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Ko'rshapalaklar" mavsumlar oralig'ida himoyasini kuchaytirish niyatida va ingliz klubi rahbariyati bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. "Qizil iblislar" futbolchisini 10 million evro atrofida pullashmoqchi.

"Valensiya" vakillari allaqachon Italiyaga borishgan va Darmian bilan uchrashishgan.

29 yoshli futbolchi joriy mavsum MYU tarkibida atigi 7ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia