"Valensiya" "Barselona" futbolchisini nishonga olgan

Aslanov Jasurbek
8 dek 2017
"Valensiya" bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral "Barselona" himoyachisi Aleyks Vidalga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "ko'rshapalaklar" vakillari futbolchi bilan bog'lanishgan. "Valensiya"dagilar o'ng qanot himoyasidagi raqobatni oshirishmoqchi.

"Barselona" avvaliga futbolchi bilan iyunda xayrlashmoqchi edi, ammo yaxshi taklif tushsa, ular qishki transfer oynasida Vidalni sotib yuborishlari mumkin.

Joriy mavsum Vidal LaLiganing 7ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Superdeporte