"Valensiya" Alkaserni "Barselona"ga sotmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
14 avg 2016, 12:07
"Valensiya" rahbariyati va murabbiylar shtabi hujumchi Pako Alkaser bilan xayrlashmoqchi emas.

Bu haqda "ko'rshapalaklar" prezidenti Lay Xun e'lon qildi.

"Agar shubhangiz bo'lsa, biz Alkaserni transferga qo'ymasligimizni aytmoqchiman. U "Valensiya" merosi va buni juda yaxshi tushunamiz" - deydi Xun.

Oldinroq "Barselona" Alkaser xizmatlariga qiziqish bildirayotgani va "Valensiya" bilan muzokaralar o'tkazayotgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport