Pako Alkaser Inesta jamoadoshiga aylandi

Mirjalol Normatov
15 sen 2023
30 yoshli futbolchi Pako Alkaser faoliyatini BAAning "Emireyts" jamoasida davom ettiradi.

Forvard bir mavsum davomida ijara asosida ushbu klub a'zosi bo'ladi. Bunga qadar u "Sharja" sharafini himoya qilib kelayotgandi. Uning sharjaliklar bilan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bor.

Futbolchi "Valensiya", "Barselona", "Borussiya" D va "Vilyarreal" kabi jamoalar tarkibida harakat qilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal