"Valensiya" agar "Espanol"ni yuta olmasa Nevill ishdan ketadi

Aziz Tukhtamuradov
11 fev 2016, 21:25
Marca nashrining xabar qilishicha, agar "Valensiya" shanba kuni "Espanol"ga yutqazib qo'yadigan bo'lsa, jamoa bosh murabbiyi Gari Nevill iste'foga chiqariladi.

Eslatib o'tamiz, "ko'rshapalaklar" 17 ta o'yinda bor yo'g'i 4 ta o'yinda g'alaba qozondilar. 7 ta o'yin durang, 6 ta o'yinda mag'lubiyatga uchradilar.

Bundan tashqari jamoa Primeroda pastki o'rinlarga tushib ketdi va Qirol Kubogidan chiqib ketdi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca