"Valensiya" 25 mln. evroga futbolchi sotib oldi

Aslanov Jasurbek
24 may 2018
"Valensiya" so'nggi mavsum jamoada ijara asosida o'ynagan Joffrey Kondogbiani "Inter"dan sotib oldi.

"Ko'rshapalaklar" 4 yil ichida Italiya klubiga 25 mln. evro o'tkazib berishi kerak.

Fransiyalik yarim himoyachining yangi shartnomasidagi tovon puli 80 mln. evro.

25 yoshli futbolchi so'nggi mavsum LaLiganing 31ta o'yinida maydonga tushib, 4ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: valenciacf.com