Valdes "Barselona"ga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
27 iyun 2019
"Barselona" rahbariyati klub tizimiga sobiq darvozabon Viktor Valdesni taklif qilmoqchi.

"Sport.es" xabariga ko'ra, 37 yoshli mutaxassis kataloniyaliklarning akademiyasida ish boshlashi kutilmoqda.

Qayd etish kerak, Valdes Madriddagi hududiy ligada "Moratalas" jamoasini chempionlikkacha etaklab bordi va shu boisdan kataloniyaliklar uni ishga taklif qilmoqda.

Ma'lumot uchun, Viktor Valdes "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es