Valdano: "BBC triosi bazida "Real"ni sindirib qo'yadi"

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2018, 12:12
"Real" sobiq bosh direktori Xorxe Valdano jamoa hujumchilari Krishtianu Ronaldu, Garet Beyl va Karim Benzema haqida fikr bildirdi.

Valdanoning fikricha, bu trioga qarshi turish qiyin, ammo BBC "qaymoqranglilar" yarim himoyachisi Iskoga ham zarar etkazishi mumkin.

"Xalqaro arenada Iskoning obro'si baland. Ammo Zidan yana Ronaldu, Benzema va Beyl ijrosida kuchli o'yin ko'rmoqchi. Bunday vaziyatda Iskoda muammolar bo'lishi mumkin. Ronaldu, Beyl va Benzema qo'rqinchli kuch, biroq u bazida "Real"ni sindiradi" - Valdano.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Onda Cero