Vagiz Galiulin: Jarohatimni davolash reja asosida ketmoqda

Narzulla Saydullayev
25 noya 2013, 18:45
Rubin yarim himoyachisi Vagiz Galiulin Yevropa ligasi 2-saralash bosqichi doirasidagi Yagodinaga qarshi o'yinda (1:0) jarohat olgandi. Hamyurtimiz jarohatini davolash qanday kechganini aytib berdi.
- Vagiz, muxlislar sizning sog'lig'ingiz haqida qayg'urishmoqda. O'zingizni qanday his qilayapsiz?
- Men haqimda eslashayotganidan xursandman. Ayni paytda o'zimni yaxshi his qilayapman. 16 noyabr kuni ikki haftalik tiklanish jarayonini o'tkazib Germaniyadan Qozonga keldim. Qozon shahrida tiklanishni davom ettirayapman. Barchasi rejadagidek ketmoqda!

- Sibir safida o'ynayotganingizda og'ir jarohat olgan edingiz. Bu safar ham shunday bo'ldi, buni omadsizlik desa bo'ladimi?
- Sibir safida juda og'ir jarohat olgandim, paylarim uzilib ketgandi, uzoq vaqt davolangandim, maydonga qaytganimdan keyin ham og'riqlar bo'lgandi. Ammo vaqt barchasiga davo. Xudoga shukur og'riqlar o'tib ketdi. Ammo Yagodinaga qarshi o'yinda to'pig'imdan jarohat oldim. 19 avgust kuni Myunxenda operaciya qilishdi. O'sha vaqt haqida eslashni ham istamayapman.

- Qachon maydonga qaytish niyatidasiz? Jismoniy holatni tiklab olish uchun ko'p vaqt ketadimi?
- Hozir oyog'im bezovta qilayotgani yo'q. Keyingi yil boshida maydonga qaytishni rejalashtirayapman. Jamoaga tezroq foyda keltirishni istayman.

- Klub Rossiya chempionatida 10-o'rinda bormoqda, bu uning o'rni emas. Bunga sabab nima deb o'ylaysiz?

- Jamoa hozir o'ziga yarashmaydigan o'rinda ekaniga qo'shilaman. Ammo bu vaqtincha ekaniga ishonchim komil. Albatta, bu vaziyatdan chiqib kyetib yuqorilaymiz.

Mavsumning qolgan o'yinlarida muxlislardan bizni qo'llab turishlarini so'rayman. Biz o'yinchilar esa, ularni xursand qilish uchun qo'limizdan kelganicha o'ynaymiz, – deydi Galiulin klub rasmiy saytiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru