Vadim Abramov "Zenit"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyingi intervyuda adashib ketdi

Narzulla Saydullayev
12 fev 2021
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov "Zenit" bilan kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.




"Yirik hisobda mag'lubiyatga uchradik. Raqib "Zenit" bizga qaraganda ko'proq tayyorgarlik ko'rdi, ular bir necha kundan keyin evrokuboklarda o'ynashadi ("Zenit" evrokuboklarda o'ynamaydi - championat.asia tahrir.). Bizda esa mavsum boshlanishiga bir oyga yaqin vaqt bor. Bu o'z so'zini aytmay qolmadi. Iordaniya bilan o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Mazkur yig'in orqali zaxira imkoniyatimizni ko'rib olyapmiz. 0:4 albatta katta hisob. Muxlislarni to'g'ri tushunaman. Ular ushbu natijadan ranjishgan. Tabiiyki, biz ham shunday holatdamiz. Xatolarni to'g'irlashimiz uchun bizda vaqt bo'ladi deb o'ylayman",- deydi Abramov O'FA matbuot xizmatiga.

Eslatib o'tamiz, "Zenit" Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichida so'nggi o'rinni egallagan va evrokuboklarni tark etgan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia