Vadim Abramov: "Xatolar mag'lubiyatga olib keldi"

Xayrulla Xoliqov
26 sen 2019
Bugun bo'lib O'zbekiston Kubogi 1/2 finalida AGMK "Bunyodkor"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Shunday qilib AGMK o'z tarixida ketma-ket ikkinchi bor finalga yo'l oldi. "Bunyodkor" esa o'z yurishini yarim finalda to'xtatdi. O'yindan keyingi matbuot anjumanida "Bunyodkor" bosh murabbiyi Vadim Abramov quyidagi fikrlarni bildirdi. 

- Afsuski, O'zbekiston Kubogining yarim finalida yurishni to'xtatdik. Futbolda omad kelmasa qiyin. Bugun yomon o'yin ko'rsatdik deb o'ylamayman, ammo yutqazdik. Xatolar mag'lubiyatga olib keldi, - deydi Vadim Karlenovich. 


- Nima deb o'ylaysiz, kelasi yil Osiyo chempionlar ligasida o'ynash uchun hali imkoniyat bormi? 

- Albatta, bor. Hali kurash davom etyapti. Garchi Kubokdan chiqib ketgan bo'lsak-da, Superligadagi kurash tugagani yo'q. 


- Ham terma jamoada, ham klubda ishlash qiyin bo'lmaydimi? 

- Qiyin bo'lmaydi deb o'ylayman, chunki terma jamoada bo'lgan paytim yordamchilarim klubdagi ishimga yordam berib turishadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia