Vadim Abramov: "Tushunarsiz vaziyatda gol o'tkazib yubordik"

Narzulla Saydullayev
31 may 2019, 22:10
O'zbekiston Liga Kubogining 1-turidan o'rin olgan Metallurg - Bunyodkor (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Metallurgga qarshi Superliga doirasida o'ynaganimizga hali ko'p bo'lgani yo'q. O'sha uchrashuvdan farqli ravishda bugun asosiy tarkibda asosan zaxirada qolib ketayotgan futbolchilar maydonga tushdi. Shunday bo'lsa-da, yomon o'ynaganimiz yo'q, shunchaki, tushunarsiz vaziyatda gol o'tkazib yubordik. Metallurgni g'alaba bilan tabriklayman! Biz navbatdagi o'yinlar orqali bugungi mag'lubiyat o'rnini to'ldirishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz