

"Bugungi raqibimiz munosib qarshilik ko'rsatdi. "Bunyodkor" biz kutmagan o'yinni taklif qildi. Natija o'yinga mos bo'ldi deb o'ylayman. Raqib o'tkazib yuborilgan goldan keyin ham qarshi hujumda o'ynashda davom etdi va o'yin uslubini o'zgartirmadi. Umuman olganda "Bunyodkor" yaxshi va kuchli jamoa. Bugungi o'yinda g'alaba qozondik va uchrashuvga tayyorlagan rejamiz ish berdi", - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi Vadim Abramov.



