"Raqibni tabriklayman. Guruhdagi eng kuchli jamoa ekanini ko'rsatdi. Birinchi bo'limda juda ham yomon o'ynadik. Ikkinchi bo'limda hujumkor boshladik. Lekin ular gol urib kyetishdi", - deb gap boshladi Abramov.
- O'zbek klublari OCHLdagi omadsiz ishtirok etishmoqda. Chempionatimiz kuz-bahor tizimiga o'tgani yaxshi emasmi?
- Yo'q shu tizimning o'zi yaxshi. O'tgan yillarda klublarimiz yaxshi ishtirok etishgandi. Bizga shunchaki OCHLdagi tajribasizlik yetishmadi. Birinchi yildayoq juda kuchli jamoalarga qarshi o'ynadik.
- Yoshlar jamoasida Ikrom Aliboev kabi futbolchilar yana bormi?
- Hozircha faqat u. Jamoaning maktabi faoliyatidan qoniqayapman. Yoshlarga imkon berib boramiz, ular xatolar qilib o'sishadi.
- Jamoangiz zarba berish emas to'pni o'zida saqlab turishga urinayotgandek taassurot qoldirmoqda.
- Chetdan qaraganda shunday bo'lishi mumkin. Raqib imkon bersa zarba berayapmiz. Imkon bo'lmasa zarba ham bo'lmayapti.
- Bikmaevni almashtirganingizda norozidek tuyuldi...
- Kim almashtirilganida xursand bo'ladi? Bu normal holat. Agar meni ham ishdan bo'shatishsa men ham norozi bo'laman (kuladi).
- Jasur Hasanovni nima uchun aynan birinchi bo'limda almashtirdingiz?
- Shunchaki u o'yinga kirishib keta olmadi. Juda ko'p xatoga yo'l qo'ydi. Shu bois tavakkal qilib markazni kuchaytirishga qaror qildim.
- "Al Hilol" jamoasi haqiqatdan ham kuchli ekanini ko'rdik. Bunday jamoalarga qarshi qanday o'ynash kerak?
- Shunchaki xatosiz o'ynash kerak. Agar Saudiyada o'tgan bahsni ko'rib chiqsangiz bironta vaziyatda to'p olib qo'yishmadi, o'zimiz to'pni oldirib qo'yaverdik.
Narzulla Saydullaev