Vadim Abramov - "Dinamo" bosh murabbiyi

Alisher
9 avg 2022
Taniqlik mutaxassis Vadim Abramov Samarqandning "Dinamo" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Mutaxassis bunga qadar "Neftchi", NBU-Aziya, "Traktor" (Toshkent), "Astana" va "Lokomotiv" (Toshkent) jamoalarida ishlagan. Shuningdek, O'zbekiston milliy terma va olimpiya jamoalarini boshqargan.

Bunga qadar samarqandliklarni Andrey Shipilov boshqarib kelayotgandi, ammo O'zbekiston Superligasi 11-tur doirasidagi "Nasaf" (0:4)ga qarshi o'yindagi yirik mag'lubiyatdan so'ng iste'foga chiqdi.

Eslatib o'tamiz, "Dinamo" O'zbekiston chempionatida 14 turdan so'ng 7 ochko jamg'argan holda, jadvalda so'nggi, yani 14-o'rinda bormoqda.


Iste'fo. "Dinamo"ni kim boshqaradi? 


AlisherMuallif
Manba: fcdinamo.uz