Usmon Dembele "Barselona" bilan shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga keldi

Alisher
11 iyul 2022, 10:20
Forvard Usmon Dembele tez orada "Barselona" bilan shartnoma imzolaydi.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

25 yoshli francuz bilan 2024 yilning yoziga qadar bitim imzolanadi. Maoshining pasayishiga rozi bo'lgan Dembele shartnoma imzolash uchun Kataloniyaga uchib keldi.

Dembele "Barselona"ga 2017 yilda kelgan, u 2022 yilning yozida klubni erkin agent maqomida tark etgandi. Forvard o'tgan mavsum 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 13ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano