"Usiz JCHdagi g'alaba bo'lmasdi". Grizmann Umtitini qo'llab-quvvatladi

Aziz Tukhtamuradov
8 yanv 2022, 09:31
"Atletiko"ning fransiyalik futbolchisi Antuan Grizmann yurtdoshi, "Barsa"dagi sobiq jamoadoshi Samuel Umtitini qo'llab-quvvatladi.

Tvittyerda jurnalist Dide Rustan Erik Abidalning 2016 yildagi intervyusini "repost" qildi. O'shanda futbolchi "Umtiti "Barselona"ning o'z Bekkenbaueri" bo'lishi mumkin" mazmunida intervyu bergan edi. Rustanning fikricha, hozir bu gaplar kulguli tuyulmoqda. 


30 yoshli Grizmann esa bunga munosabat bildirdi:

"Samyuelsiz ikkinchi yulduzcha bo'lmasdi". (Gap Fransiya terma jamoasining JCH-2018dagi chempionligi haqida ketmoqda. Bu francuzlar uchun JCHlardagi ikkinchi chempionlik edi). 

Umtiti yil davomida yaxshi formada edi. Buyog'i murabbiylarning tanlovi. U haqiqiy professional va fransiyalik yosh markaziy himoyachilar uchun namunadir", - deb yozdi Grizmann. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru