Urugvaylik futbolchi faoliyatidagi 26-jamoada to'p tepadi

Chilining “Audaks Italyano” klubi bilan urugvaylik hujumchi Sebastyan Abreuni o'z safiga qo'shib oldi.

Bu urugvaylik futbolchining professional faoliyatidagi 26-jamoasi hisoblanadi, deya zabar bermoqda AFP.

1996 yildan 2012 yilga qadar Urugvayt termaasida 70 ta bellashuvda maydonga chiqqan hujumchi oxirgi jamoasi “Deportes Puerto-Mont” ikkinchi ligaga tushib ketgach, Chili oliy divizoni vakili “Audaks” bilan shartnoma tuzdi.

Oktyabr oyida 41 yoshni qarshi olgan Abreu bir necha oy ilgari “Puerto-Monta” safiga qabul qilingach, u jamoa almashtirish borasida rekordchi germaniyalik posbon Luca Pfannenshtilga (25 ta jamoa) yetib olgandi.

Abreu faoliyatining katta qismini Janubiy Amerika klublarida o'tkazganiga qaramay, Yevropada ham u “Real Sosedad”, “Deportivo” va Gretsiyaning “Aris” klubida ham to'p tepishga ulgurgan. U faoliyati davomida 11 ta mamlakatning 26 ta jamoasi libosida maydonga chiqishga ulgurdi. 2010 yilgi JCHning chorak finalida aynan Abreu penaltilar seriyasida Gana darvozasiga gol urib, jamoasining yarim finalga chiqishiga hissa qo'shgandi.


Manba: Р-Спорт