

Dushanba kuni 40 yoshli futbolchi Braziliyaning "Bangu" klubi bilan shartnoma tuzdi. Bu Abreu uchun faoliyatidagi 28-klubga aylandi.
Abreu katta futbolda 1995 yilda Urugvayning "Defensor Sporting" klubida debyut qilgandi. U dunyoning 10ta mamlakati chempionatida o'ynagan: Urugvay, Meksika, Salvador, Ispaniya, Braziliya, Ekvador, Gretsiya, Isroil, Paragvay va Argentina.
Hujumchi terma jamoa safida 70ta o'yin o'tkazib 26ta gol urgan. Abreu Urugvay terma jamoasi tarkibida to'rt marta Amerika kubogi va ikki marta Jahon chempionatida qatnashgan.




