44 yoshli forvard faoliyatidagi 31-klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
31 mar 2021, 13:22
44 yoshli urugvaylik forvard Sebastyan Abreu o'yinchilik faoliyatini davom ettirmoqda.

Tajribali hujumchi "Sud Amerika" jamoasida o'ynaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Sud Amerika" Urugvayning mavqei jihatdan ikkinchi divizionidir. Sebastyan uchun ushbu klub professional faoliyatidagi 31-jamoa bo'ldi.

Abreu faloiyatining katta qismini Janubiy Amerika va Meksikada o'tkazgan. Urugvaylik futbolchi qisqa vaqt davomida Yevropada ham o'ynagan. Futbolchi Ispaniyaning "Deportivo" va "Real Sosedad" klublaridagi faoliyati orqali yaxshi tanish.

Sebastyan Urugvay terma jamoasi safida 70ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/iasa1914