Albatta, Urganch shahrida 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida Mirzabek Abdullaevning xotirasiga bag'ishlab uyushtirilgan navbatdagi turnir shular sirasidandir.
U hayot davrida Xorazm viloyati xalq talimi boshqarmasiga qarashli 2-son bolalar va o'smirlar sport maktabida 10 yil mobaynida yoshlarga “charm to'p” o'yini sir-asrorlarini o'rgatib keldi. Kutilmagan kasallik uni ikki yil muqaddam yorug' olamdan olib ketdi. M. Abdullaev hayot bo'lganida 3 yanvar kuni o'zining 30 yoshini nishonlagan bo'lar edi…
Aynan, shu kuni unga hurmat va ehtirom ramzi sifatida Xorazm viloyati futbol federatsiyasi, viloyat “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, 2-son BO'SM rahbariyati tashabbusi bilan o'smirlar o'rtasida ilk bor mini futbol bo'yicha xotira turniri tashkil etildi. Unda vahaning Urganch shahri, Gurlan va Urganch tumanlaridan tashrif buyurgan 11 ta jamoa ishtirok qildi.
Yakuniy natijalarga ko'ra, viloyat markazidagi Navro'z shaharchasining “Navro'z” jamoasi (murabbiyi Otabek Abdullaev) turnir g'olibi bo'ldi. Ikkinchi pog'onaga urganchning “Lokomotiv-BFK” mini futbolchilari joylashishdi. Faxrli uchinchi o'ringa 2-son bolalar va o'smirlar sport maktabining “Do'stlik” va “Jayhun” jamoalari loyiq ko'rildi.
Musobaqaning yopilish marosimiga tashkilotchilar, Mirza Abdullaevning hamkasblari, do'stlari va oila a'zolari jam bo'lishdi. O'z navbatida sovrinli o'rinlarni egallagan jamoalar diplom va sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
Ikrom XUDOYBERGANOV.