Under faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

28 yanv 2020, 09:49
“Roma” futbolchisi APL klubi nishonida.

“Everton” klubi Rimning “Roma”sidan turkiyalik vinger Jengiz Underni olib kelishi kutilmoqda. Boisi Underni Mersisayd klubida ko'rishni jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti xohlamoqda. “Everton” futbolchi transferi uchun 34 mln evro to'lashga tayyor. Qayd etish joiz, inglizlar Underni 2019 yil yozida ham sotib olishga harakat qilib ko'rgandi.

Joriy mavsum Jengiz A Ceriya doirasida 11 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Turkish Football