Unai Emeri "Milan"ni boshqarishi mumkin

Narzulla Saydullayev
24 may 2016, 08:25
Sevilya ustozi Unai Emeri yozda Milanga o'tishi mumkin, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport nashri.

Italiya klubini xitoylik investorlar sotib olishi kutilmoqda. Ular aynan Unai Emerini bosh murabbiy sifatida ko'rishmoqda. Oldinroq Silvio Berluskoni Milan akciyalarini sotishga tayyorligi haqida xabarlar chiqqandi.

Klub 740 million evroga baholanmoqda. 2015/16 yilgi mavsum oxirigacha Milanni Kristian Brokki boshqardi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport