Umtiti: "O'zimni "Barselona"dan boshqa joyda tasavvur qilolmayman"

Sherzod Nurmatov
19 okt 2021
"Barselona" markaziy himoyachisi Samuel Umtiti Kataloniya klubidagi kelajagi haqida gapirdi.

"Men o'zimni jismonan yaxshi his qilyapman va chindan ham o'ynashni xohlayman. Biroq o'zimni "Barselona"dan boshqa joyda tasavvur qilolmayman. Bu imkonsiz. Endilikda men o'z saviyam jamoaga mos kelishini isbotlamoqchiman", – dedi fransiyalik himoyachi.

Umtitining "Barsa" bilan shartnomasi 2023 yilgacha tuzilgan. U joriy mavsumda birorta ham o'yin o'tkazmadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo