24 va 27 iyun kunlari Toshkentda O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tishi haqida avvalroq xabar bergan edik. O'FF Terma jamoalar markazi bergan ma'lumotga ko'ra, 23 iyun kuni Toshkentga yetib kelishi kutilgan Ummon o'smirlar terma jamoasining tashrif rejasi o'zgargan va o'rtoqlik o'yinlari boshqa muddatga qoldirilgan.
Ayni damda Ummon o'smirlar terma jamoasi bilan muzokaralar davom etmoqda. Ummon U-16 o'smirlar terma jamoasining Toshkentga tashrifi va O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlari sanasi haqida keyinroq ma'lumot beriladi.