Umid Ahmadjonov FIFA gala-oqshomida jahon futboli namoyandalari bilan uchrashdi

Tolibjon Qosimov
24 okt 2017, 13:23
O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov va Ijroiya Qo'mitasining a'zosi Bobur Shodiev FIFA Prezidenti Janni Infantinoning taklifiga ko'ra rasmiy tashrif bilan Angliyada bo'ldi.

Angliyaga tashrifi davomida O'FF Prezidenti dunyoning bir qator futbol federatsiyalarining rahbarlari va delegaciyasi a'zolari bilan uchrashib, o'zaro fikr almashdi.

Tashrif doirasida Umid Ahmadjonov va Bobur Shodiev kecha, 23 oktyabr kuni London shahridagi “Palladium” teatrida bo'lib o'tgan FIFAning yil yakunlariga bag'ishlangan ananaviy gala-oqshomi – “The Best FIFA Football Awards 2017” tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov va Ijroiya Qo'mitasi a'zosi Bobur Shodiev jahon futboli namoyandalari va afsonalari – Diego Maradona, Ronaldo, Lionel Messi, Olive Jiru, shuningdek, “Real Madrid” prezidenti Florentino Peres, italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti bilan uchrashdi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com