Umid Ahmadjonov: "Biz mukofot pullarini vada qildikmi, uni albatta beramiz"

Narzulla Saydullayev
6 yanv 2019
O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov klublarga vada qilingan mukofot pullari haqida gapirib o'tdi.

“Biz mukofot pullarini vada qildikmi, uni albatta beramiz. PFL oldidagi qarzlari 2018 yil oxiriga qadar osilib kelgan, futbolchilar oldidagi qarzlari yillar davomida osilib yotgan klublar bor. 2019 yil bunday bo'lmasligi kerak”.
 
“Mamlakat rahbari futbolni qo'llayotgani uchun ham shunday katta tashkilotlar klublarga pul ajratib turibdi. Endi uni oqilona ishlatish kerak. Klublar  rahbarlari o'sha pullarni joyiga qo'yib, o'z futbolchilari, ishchilari oldidagi qarzlarini uzsin. Keyin esa mukofot pullarini yaxshilikka, klub rivojiga ishlatsin. Yo'qsa smetasidagi pulni aql bilan ishlatmay, uni shunchaki havoga sovurgani etmagandek, mukofot pullarini ham bir narsa qilishadi. Qarabsizki, 2019 yil yana eski hammom, eski tos. Mayli hozir bir narsalar deyaverishsin, keyin mukofotni olganlaridan so'ng rahmat aytishadi”, - deydi Umid Ahmadjonov O'FA rasmiy saytiga.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia