Umid Ahmadjonov Andijon shahriga tashrif buyurdi

Narzulla Saydullayev
18 apr 2019, 10:18
Umid Ahmadjonov bugun ishchi guruh bilan Andijonga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko'zlangan asosiy maqsad Andijonda futbolni, xususan, bolalar futbolini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishish hamda qayta ta'mirdan chiqarilgan "Sog'lom avlod" stadionini ko'zdan kechirishdan iborat. Tashrif davomida Umid Ahmadjonov Sho'rbuloq dahasida joylashgan viloyat bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga ham tashrif buyuradi.

Shuningdek, "Sog'lom avlod" stadionida tashkil etiladigan tantanali ochilish marosimida qatnashib, Superliga 5-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Nasaf" uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qiladi.

Stadionning ochilish marosimi 16:00da, "Andijon" - "Nasaf" o'yini esa soat 17:00da boshlanishi belgilangan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz