Umarali Rahmonaliev: "Raqibning provokaciyalariga tayyor edik"

Абдулвосит Бектемиров
27 apr 2024, 14:55
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Rubin" klubi a'zosi Umarali Rahmonaliev kechagi uchrashuvdan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi

- Bugun chiroyli g'alaba erishdik. Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Butun o'zbek xalqini g'alaba bilan tabriklayman. Biz uchun duoda bo'lib turganlarga rahmat. Uchrashuv juda og'ir kechdi. Ashshadiy raqibimizga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rgan edik. Rejamiz ish berdi va chiroyli g'alabaga erishdik.

- Bugungi uchrashuv provokaciya va janlallarga boy bo'ldi. Emociyalarga berilib ularga javob qaytarmaslik qanchalik qiyin bo'ldi?

- O'yindan oldin bunday bo'lishini bilar edik. Arab jamoalari bunday o'yin namoyish etishi yangilik emas. Biz bunga tayyor edik.

- Keyingi raqibimiz Indoneziya haqida nimalar deya olasiz?

- Indoneziya terma jamoasi juda yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Ular kuchli Janubiy Koreyani musobaqadan chiqarib yuborishdi. Yarim finalda oddiy jamoalar bo'lmaydi. Raqibni yaxshi o'rganib chiqishimiz kerak.




O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia