

Ayni paytda muxlislarni stadionning yangi mavsumga tayyor bo'lishi qiziqtirmoqda. Klub bosh direktori Ulug'bek Mirzaev intervyu davomida bu savolga ham javob berib o'tdi.
"Hozir shunga harakat qilinyapti. Bilasizki, bazi holatlar tabiiy sharoitga ham bog'liq. Qishning sovug'ini kelganidan xabaringiz bor. Imkon qadar harakat qilinadiki, "Andijon" jamoasi sarson bo'lmasin. O'zga jamoalar maydonida ko'p o'yinlar o'tkazmasin. Balki 1-2 turlarda bu narsa bo'lishi mumkin. O'z maydonimizda o'ynasak ochko olishimiz oson kechadi. Mavsum boshidanoq o'z uyda to'p tepishga harakat qilamiz",- deydi Ulug'bek Mirzaev.



