Ulug'bek Baqoev: "Ikkita mag'lubiyatdan so'ng bizga g'alaba zarur edi"

Оқил Абдубарноев
18 may 2022, 21:47
Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Surxon" - "So'g'diyona" (2:4) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Ketma-ket ikki o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng bizga g'alaba zarur edi. Bugun yigitlarga sifatli o'yin uchun minnatdorchilik bildiraman. Har ikki bo'limda ko'rsatgan o'yinimizdan qoniqdim. 

- O'tgan o'yin yakunida iste'fo so'ragandingiz. Bu haqiqiy qaroringiz edimi yoki o'yin emociyasida aytilgan fikrmidi?

- Oldimizda sovrinlar uchun kurashish vazifasi turibdi. Natija men uchun juda muhim. Hozir ishlayapman, demak murabbiylik faoliyatim davom etadi.

- Xislat Xalilovning o'yiniga qanday baho berasiz?

- U yaxshi futbolchi, sifatli o'yin namoyish etadi. Qaysi futbolchini munosib deb hisoblasak jamoaga taklif etamiz. Bugun butun jamoa yaxshi o'ynadi.

- O'tkazib yuborilgan ikkinchi golda darvozabonning aybi bor deb hisoblaysizmi?

- O'yinni qayta ko'rib chiqib tahlil qilamiz. Hozir bu borada biron fikr aytish qiyin. Gol o'tkazdikmi, demak butun jamoaning aybi bor.


O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia