Ulug'bek Baqoev: "Futbolda hamma vaqt ham yutib bo'lmaydi"

Narzulla Saydullayev
30 sen 2017, 22:17
"Buxoro" ustozi Ulug'bek Baqoev o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin boshida negadir og'ir  boshlandi. Jamoa ruhan tayyor emasdek edi nazarimda. Lekin ikkinchi bo'limda ular ancha o'zlarini o'nglab olishdi va hisobni 2:0 ga etkazishdi. Marra biz tomonda edi. Biroq shundan keyinmi yigitlar ozgina erkin  o'ynashdi. Bu imkoniyatdan foydalanib qolgan  raqib jamoa ham bo'sh kelmay hisobni tenglashtirib qo'ydi. Jamoamiz ancha harakat qildi. Lekin nachora o'yin 90 daqiqa o'ynaladi. Futbolda hamma vaqt ham yutib bo'lmaydi, bu o'yin – deya fikrlarini  bildirib o'tdi Baqoev.

"Buxoro" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia