Ulug'bek Baqoev: “Bazi yigitlarimiz jarohatiga qaramay maydonga tushdi”

Narzulla Saydullayev
18 avg 2018, 07:09
Superliga 22-turidan o'rin olgan “Buxoro” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so'ng “Buxoro” ustozi Ulug'bek Baqoev bahs borasidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

- Biz uchun oson uchrashuvni o'zi yo'q. Lekin bugungi “Lokomotiv” bilan kechgan bahs juda asabiy va og'ir o'yin bo'ldi. Yigitlarimiz maydonda borini berib o'ynadi. Chunki yigitlarimizning bazilari jarohatiga qaramay maydonga tushdi va oxiragacha kurashdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. "Lokomotiv"ni bugungi g'alabasi bilan tabriklayman. Biz esa  kelgusi o'yinlarga  tayyorgarlikni davom ettiramiz – dedi bosh murabbiy.

 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати