Ulug'bek Baqoev: "Abdumannopov kyetishni xohladi, Norxonovda kichik jarohat bor"

Narzulla Saydullayev
2 avg 2022
Superliganing 14-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Bunyodkor" (2:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.

"Muxlislarni ikkinchi davra boshlangani bilan tabriklayman. Birinchi davraning oxirgi turidagi 0:3 hisobidagi mag'lubiyatdan keyin ruhiy tomonlama bugun g'alaba juda muhim edi. Nimadir o'xshadi, nimadir o'xshamadi. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritish edi. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman va oldinga intilishda davom etamiz", - dedi Ulug'bek Baqoev.

- Ko'pchilik Doniyor Abdumannopovning "Navbahor"ga o'tishi haqida so'ramoqda?

- U bilan suhbatlashdik va klubni almashtirishni xohladi. Jamoamizga bergan yordami uchun rahmat aytamiz va yangi klubida omad tilaymiz. Transferlar futbolning bir qismi, shu bois bu yerda hech qanday sirli narsa yo'q.

- Bugun Shohruz Norxonov nega tushmadi?

- O'tgan kuni mashg'ulotda oyog'ini biroz shikastlab oldi. Shu bois bugun maydonga tusha olmadi, unga tezroq sog'ayib maydonga qaytishini tilayman.

- Oldinda ikkita muhim o'yin kutib turibdi.

- "Paxtakor" amaldagi O'zbekiston chempioni. Shu bois raqib kuchli va ularni hurmat qilamiz. Nafaqat "Paxtakor"ni balki barcha klubni hurmat qilamiz.







Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia