Ulug'bek Bakaev: "Har doim hamma narsa biz xohlagandek bo'lavermaydi"

Оқил Абдубарноев
16 may 2024, 21:58
Pro liga 8-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Sho'rtan" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo'limda, jamoamiz, asosan, markaz orqali hujumlar uyushtirdi. Keyin gol urdik. Ikkinchi bo'limda muvaffaqiyatli burchak uzatmasidan so'ng raqib futbolchilari o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. G'alaba bilan yigitlarni tabriklayman. Endilikda keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. 

Chempionat boshida juda ko'p vaziyatlar tashkil etardik, ammo amalga oshirishda sust edik. Hozir esa vaziyatlarni muvaffaqiyatli yakunlayapmiz. O'yindan o'yinga shakllanib boryapmiz. Albatta, barataraf etish kerak bo'lgan muammolar mavjud. Har doim hamma narsa biz xohlagandek bo'lavermaydi. Shunga qaramay, yigitlar harakat qilishyapti. 

Dominik Begich va Frane Ikich professonal va intizomli futbolchilar hisoblanadi. Ular mashg'ulotlarda ham shunga xos ishlashadi. Bizda ulardan tashqari qolganlarni ham shunday tariflash joizdir. Bugun ular gol urishadi, ertaga boshqasi", - dedi "Buxoro" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia