"Ular ancha ilgarilab ketishgan". Kanchelskis O'zbekiston va Qozog'iston futbolini taqqosladi

Alisher
5 may 2024, 00:17
"Navbahor" sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis BodoAbata YouTube kanaliga bergan intervyusida o'zbek futboli qay jihatlari bilan Qozog'istondan o'tib ketganini gapirib berdi.

- O'zbekiston futboli Qozog'iston bilan taqqoslaganda, rivojlanish bo'yicha ancha ilgarilab ketganmi?

- Albatta, anchagina o'tib ketgan. Qozoq va tojiklar ham kuchli, lekin o'zbek futbolichalik emas... O'zbekistondagi men ko'rgan infrastruktura sobiq ittifoq hududidagi davlatlar orasida Top. Birinchi o'rinda desa ham bo'ladi. O'zbekiston bu borada Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikistondan uzoqlashib ketgan. Sababi, u yerda soha boshqaruviga futbolni sevadigan, millionlar o'yiniga qiziqadigan hamda uni rivojlantirishni tushunadigan insonlar kelgan. Barchasi kelajak avlod uchun qoladi. O'zbekiston bu masalada katta farq bilan ilgarilab ketgan, - dedi Kanchelskis.


Eslatib o'tamiz, "Manchester Yunayted" klubining sobiq futbolchisi 2018-2020 yillarda "Navbahor" bosh murabbiyi sifatida ishlagan. Mutaxassis hozirda Qirg'iz Respublikasining "Muras Yunayted" klubini boshqarmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia