Aleksey Evstafeev shogirdlari o'sha musobaqaning hal qiluvchi final o'yinida Shimoliy Koreyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Fotoarxivimizni ko'zdan kechirayotib o'sha paytda olingan suratga ko'zimiz tushdi. Yani, o'smirlarimizning o'yindan oldingi 11talik tarkibi. Suratga qarab futbolchilarning ayni paytda qayerda to'p surishayotgani bilan qiziqdik.
SURATDA
(Pastki qator chapdan boshlab): Ravshan Haydarov, Timur Hakimov, Asiljon Mansurov, Muhammadjon Abdullaev (hozirgi ism-sharifi Muhammad Rasulov), Aziz Murotov.
(Yuqori qator chapdan boshlab): Sardor Rahmonov, Bobir Davlatov, Sardor Sobdirxo'jaev, Javlon Mirabdullaev, G'anisher Xolmurodov, Abbos Maxsitaliev.
ULAR HOZIR QAYERDA?
Ravshan Haydarov. Bu futbolchi birinchi liga vakili “Qo'qon-1912” sharafini himoya qilmoqda. Haydarov sekin-asta oliy liga darajasiga ko'tarilsa kerak.
Timur Hakimov. Mavsumning birinchi yarmini “Andijon”da o'tkazib, keyin yana “Paxtakor”ga qaytdi. Murabbiylar uning o'yinida pasayish yuzaga kelgani haqida ko'p gapirishmoqda.
Asiljon Mansurov. Himoyachi ikkinchi davra boshida “Guliston” klubida ro'yxatdan o'tdi. Ammo hozirgacha oliy ligada maydonga tushgani yo'q.
Muhammadjon Abdullaev. Bu futbolchi hozir “Navbahor” safida o'ynamoqda. Yil boshida familiyasini Rasulovga almashtirganini takidlash lozim. Muhammadjon oliy liga o'yinlarida ham maydonga tushib turibdi.
Aziz Murotov. Qanot yarim himoyachisi “Buxoro” klubida to'p tepmoqda. Asosan jamoa yoshlari safida o'ynayotgan futbolchi, bazan oliy liga o'yinlarida ham maydonga tushib turibdi.
Sardor Rahmonov. Yil boshida “Mashal”dan Toshkentning “Lokomotiv” klubiga o'tdi. O'yinida ozgina bo'lsa ham o'sish bor. Yoshlar o'rtasidagi JCH-2013 ishtirokchisi.
Bobir Davlatov. Yosh futbolchi o'tgan mavsumda “Yangier”da o'ynadi va bu yil boshida Qozonning “Rubin” klubi maktabiga borib tahsil olishni boshladi. Yarim himoyachi “Rubin” klubi yoshlari bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda, biroq yoshi to'g'ri kelmaganligi uchun hali rasmiy o'yinlarda maydonga tushgani yo'q.
Sardor Sobirxo'jaev. Ayni paytda “Bunyodkor” o'rinbosarlari safida harakat qilmoqda. Yoshlar o'rtasidagi JCH-2013 ishtirokchisi.
Javlon Mirabdullaev. Bu futbolchi ham “Bunyodkor” o'rinbosarlarining asosiy o'yinchilaridan biri hisoblanadi. Lekin oliy liga darajasiga ko'tarila olarmikan?
G'anisher Xolmurodov. Birinchi liga vakili “Alanga” darvozasini qo'riqlamoqda. O'yinida unchalik o'sish kuzatilmadi.
Abbos Maxsitaliev. “Paxtakor”da to'p surayotgan Maxsitaliev doim ham bir tekis o'yin ko'rsata olmayapti. Ammo yoshlar o'rtasidagi JCH-2013da o'zidan yomon taassurot qoldirmadi.
Xayrulla Xoliqov