Ukrainalik futzalchi: "Biz bu natijani o'z-o'zidan qayd etganimiz yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
6 okt 2024, 20:52
Futzal bo'yicha Ukraina terma jamoasi a'zosi Rostislav Semenchenko Fransiyaga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng (7:1) saytimizga kichik intervyu berdi.

"O'yin qiyin bo'lishini kutgandik, shunday bo'lib chiqdi. O'yin nazoratini o'z qo'limizga olib, qiyin g'alabaga erisha olganimizdan va 3-o'rinni qo'lga kiritganimizdan xursandmiz. 

-Ukraina o'z tarixida futzal bo'yicha ilk bor bunday muvaffaqiyatga erishdi. Musobaqa oldidan sovrindor bo'lishni kutganmidingiz?

-Biz albatta tayyorlangandik. Dunyoning eng kuchli to'rtta terma jamoasi qatoridan o'rin olishni istagandik. Biz bu natijani o'z-o'zidan qayd etganimiz yo'q. Barchaga rahmat", - dedi Rostislav Semenchenko.


Eslatib o'tamiz, bronza medali uchun kechgan bahsda Ukraina terma jamoasi Fransiyani 7:1 hisobida mag'lub etdi va Toshkentdagi JCH sovrindoriga aylandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia