Ukraina termasining martdagi yig'inlar uchun kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
6 mar 2021, 00:40
Andrey Shevchenko shogirdlarini Fransiya (24 mart), Finlyandiya (28) va Qozog'iston (31) termalariga qarshi bahslar kutmoqda.

Darvozabonlar: Andrey Pyatov, Anatoliy Trubin (ikkisi - “Shaxtyor”), Georgiy Bushhan (“Dinamo”), Dmitriy Riznik (“Vorskla”), Andrey Lunin (“Real”, Ispaniya).

Himoyachilar: Sergey Krivcov, Nikolay Matvienko, Viktor Kornienko (barchasi - “Shaxtyor”), Ilya Zabarniy, Aleksandr Sirota, Aleksandr Timchik, Aleksandr Karavaev (barchasi - “Dinamo”), Efim Konoplya (“Desna”), Eduard Sobol (“Bryugge”, Belgiya), Bogdan Mixaylichenko (“Anderlext”, Belgiya).

Yarim himoyachilar: Taras Stepanenko, Marlos, Evgeniy Konoplyanka (barchasi - “Shaxtyor”), Vladimir Shepelev, Sergey Sidorchuk, Viktor Cigankov, Nikolay Shaparenko (barchasi - “Dinamo”), Igor Xaratin, Aleksandr Zubkov (ikkisi - “Ferencvarosh”, Vengriya), Ruslan Malinovskiy, Viktor Kovalenko (ikkisi - “Atalanta”, Italiya), Evgeniy Makarenko (“Kortreyk”, Belgiya), Aleksandr Zinchenko (“Manchester Siti”, Angliya), Andrey Yarmolenko (“Vest Xem”, Angliya).

Hujumchilar: Junior Moraes ("Shaxtyor"), Artyom Besedin ("Dinamo"), Roman Yaremchuk ("Gent", Belgiya).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/uafukraine