Ukraina - Fransiya uchrashuvini "Liverpul" skautlari kuzatishadi

Narzulla Saydullayev
14 noya 2013, 19:34
JCH-2014 pley offidan o'rin olgan Ukraina va Fransiya o'rtasidagi o'yinni "Liverpul" klubi skautlari kuzatishadi, deb xabar bermoqda Sports Direct News.
Kelishdan asosiy maqsad "Dinamo" Kiev vakili Andrey Yarmolenkoni kuzatish. Angliya klubi yozda bu futbolchi uchun 20 million funt sterling taklif qilgandi. Endi "Liverpul" 24 yoshli ukrainalik futbolchini yanvarda sotib olmoqchi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net