Ukraina chempionati. “Shaxtyor” asosiy raqobatchisi “Dinamo Kiev”ni mag'lub etib, oradagi farqni 16 ochkoga etkazdi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
31 may 2020
Ukraina Premer-ligasi pley-off bosqichining 24-turi doirasida “Shaxtyor” “Dinamo Kiev” bilan o'ynadi.

Bahsda doneckliklar 3:1 hisobida zafar quchishdi. “Shaxtyor” safida Marlos dublga erishgan bo'lsa, yana bir to'pni Markos Antonio kiritidi. Vitaliy Buyalskiy kievlar tarkibida yagona javob golini urdi.

Ushbu g'alabadan keyin Luis Kastro shogirdlari ochkolari sonini 62taga etkazib, jadvalda yaqqol peshqadamlikni davom ettirmoqda.

Shaxter – Dinamo Kiev 3:1 (1:1, 2:0)

NSK Olimpiyskiy

Gollar: 0:1 – 38 Buyalskiy, 1:1 – 39 Marlos, 2:1 – 67 Marlos, 3:1 – 74 Markos Antonio.

Shaxter – Pyatov, Ismaili, Dodo, Krivcov, Matvienko, Alan Patrik (Konoplyanka, 85), Stepanenko, Tayson (Solomon, 85), Marlos (Tete, 76), Kovalenko (Markos Antonio, 53), Moraes (Fernando Pedro, 76).

Dinamo Kiev – Bushhan, Mikolenko, Kendzera, Popov, Shabanov, Sidorchuk, Shepelev, Verbich, Citaishvili (de Pena, 76), Buyalskiy (Duelund, 88), Rusin (Karavaev, 76).

Ogohlantirishlar: Popov (22), Ismaili (24), Kovalenko (46).

CHEMPIONAT JADVALI (PLEY-OFF BOSQICHI)


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia