Ugo Sanches: "Ronaldu "Real"ning barcha rekordini yangilaydi"

Tolibjon Qosimov
21 sen 2013, 12:02
"Real" klubi sobiq hujumchisi Ugo Sanches klub hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubning barcha rekordlarini yangilashini aytib o'tdi, deb xabar bermoqda Ispaniya matbuoti.

"Ronaldu – futbol giganti. Xuddi Lionel Messi kabi. Agar u jarohatlarni chetlab o'ta olsa barcha rekordlarni yangilay oladi. U "Real"ning eng yaxshi to'purari bo'lib turgan Raulni ham ortda qoldiradi. Krishtianu klub bilan shartnomani uzaytirgach yanada ishonchliroq o'ynay boshladi", - deydi Sanches.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com