Ugo Loris: “Ronaldu - ultramukammal o'yinchi”

Fransiya terma jamoasi a'zosi Portugaliyaga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Ronaldu - ultramukammal o'yinchi. U hamma narsa qila olishi mumkin. U deyarli barcha o'yinlarda hal qiluvchi rolni o'ynashi mumkin. Bu futbolchi va uning karerasiga qoyil qolaman. Qoyilmaqom o'yinchi. Portugaliyaga qarshi bahsni yutish uchun jamoaviy va foydali harakat qilishga intilamiz”, - deydi Loris.

Ma'lumot uchun, Fransiya-Portugaliya uchrashuvi bugun 23:45 da boshlanadi.


Manba: Goal.com