Ugo Lloris: "Belorussiyaga qarshi o'yin men uchun dahshatga aylandi"

Tolibjon Qosimov
11 sen 2013, 13:29
Fransiya terma jamoasi darvozaboni Ugo Lloris JCH-2014 saralashidan o'rin olgan Belorussiyaga qarshi kechgan bahsdan so'ng (4:2) o'z fikrlarini bildirdi.
– O'tkazib yuborilgan ikkala golda men xato qildim, – deydi Lloris Le 10 Sport nashriga. – O'yin men uchun dahshatga aylandi. Fransiya terma jamoasi safida Frank Riberidek o'yinchi borligi yaxshi. O'yinga qaytib g'alaba qozona olganimizda uning hissasi katta.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru